OMMAVIY OFERTA
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, “MY-SCHOOL.UZ” platformasi (keyingi o‘rinlarda – Platforma) xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
1.2. Platforma egasi: Progress Solution Technologies MCHJ (keyingi o‘rinlarda – Operator).
1.3. Platformada ro‘yxatdan o‘tish, “Roziman” belgisini bosish yoki obuna to‘lovini amalga oshirish Foydalanuvchining ushbu Oferta shartlarini to‘liq va shartsiz qabul qilganligini (aksept) anglatadi.
1.4. Ushbu Ofertaga muvofiq Platforma Operator tomonidan SaaS (Software as a Service) modeli asosida taqdim etiladi.
1.5. Agar Foydalanuvchi ushbu shartlarga rozi bo‘lmasa, Platformadan foydalanishni boshlamasligi shart.
2. Atamalar
2.1. Platforma — “My School” axborot tizimi, maktablar faoliyatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot.
2.2. Operator — Platformaga egalik qiluvchi va uni ekspluatatsiya qiluvchi yuridik shaxs.
2.3. Foydalanuvchi — Platformada ro‘yxatdan o‘tgan va undan obuna asosida foydalanuvchi maktab yoki tashkilot.
2.4. Obuna — Platformadan ma’lum muddat davomida foydalanish huquqini beruvchi to‘lov asosidagi xizmat.
3. Platformadan foydalanish tartibi
3.1. Platforma Foydalanuvchiga masofadan turib, internet orqali foydalanish uchun taqdim etiladi.
3.2. Foydalanish huquqi Foydalanuvchi tomonidan tegishli tarif bo‘yicha to‘lov to‘liq miqdorda amalga oshirilgan paytdan boshlab faollashadi.
3.3. Foydalanuvchi Platformadan faqat uning funksional maqsadlari doirasida foydalanishi shart.
3.4. Quyidagilar taqiqlanadi:
- Platformani revers-injiniring qilish;
- dastur kodini o‘zgartirishga urinish;
- uchinchi shaxslarga noqonuniy kirish huquqini berish;
- Platforma ishiga xalaqit beruvchi harakatlar.
4. Foydalanuvchi huquq va majburiyatlari
4.1. Foydalanuvchi Platformadan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishi shart.
4.2. Foydalanuvchi login va parolni sir saqlash, shuningdek, uchinchi shaxsga bermaslik majburiyatini oladi.
4.3. Foydalanuvchi Platformadan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar va internet aloqani mustaqil ta’minlaydi.
5. Operator huquq va majburiyatlari
5.1. Operator Platformaning uzluksiz ishlashini (99.5% uptime) ta’minlashga intiladi.
5.2. Operator foydalanuvchilarning ma’lumotlarini xavfsiz saqlash choralarini ko‘radi (shifrlash, zaxira nusxalar, ma’lumotlarni uchinchi shaxsga bermaslik).
5.3. Operator texnik ishlarni olib borishi mumkin, bu haqda foydalanuvchilarga oldindan xabar beriladi.
6. Obuna va foydalanish huquqi
6.1. Platformadan foydalanish obuna (subscription) asosida amalga oshiriladi.
6.2. Obuna davri Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘liq to‘lovga muvofiq tanlangan tarifda belgilangan muddatni tashkil etadi.
6.3. To‘lov to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda foydalanish huquqi faollashtirilmaydi. Qisman to‘langan mablag‘lar avans sifatida hisobga olinadi.
6.4. Obuna davri tugagandan so‘ng navbatdagi to‘lov amalga oshirilmasa, Platformaga kirish huquqi vaqtincha cheklanadi.
6.5. Keyingi to‘lov amalga oshirilganda foydalanish huquqi avtomatik ravishda qayta tiklanadi.
7. Tariflar va to’lov shartlari
7.1. Platforma xizmatlari amaldagi tarif rejalari asosida to‘lov evaziga taqdim etiladi.
7.2. Aniq tariflar, jumladan:
- test (sinov) tarifi,
- oylik obuna tarifi,
- yillik obuna tarifi Platformada yoki alohida Tariflar jadvalida ko‘rsatiladi.
7.3. Barcha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida — so‘mda amalga oshiriladi.
7.4. To‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab tegishli obuna davri faollashadi.
8. Xizmat ko’rsatilgan deb hisoblash
8.1. Platforma davriy elektron xizmat hisoblanadi.
8.2. Foydalanuvchi Platformadan amalda foydalangan paytdan boshlab xizmat ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va alohida dalolatnoma tuzish talab etilmaydi.
8.3. Elektron hisob-faktura taqdim etilgan paytdan boshlab xizmat qabul qilingan hisoblanadi.
9. Ma’lumotlarni saqlash
9.1. Obuna to‘lovi amalga oshirilmagan davrda Foydalanuvchi ma’lumotlari Operator serverlarida saqlanib qoladi.
9.2. Keyingi to‘lov amalga oshirilganda ushbu ma’lumotlar asosida foydalanish huquqi qayta tiklanadi.
9.3. Operator ma’lumotlarni axborot xavfsizligi talablariga muvofiq himoya qilish choralarini ko‘radi.
9.4. Foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar faqat Platforma xizmatlarini taqdim etish maqsadida ishlatiladi.
9.5. Operator ma’lumotlarni uchinchi shaxsga bermaydi, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.
10. Ofertani o’zgartirish
10.1. Operator ushbu Oferta shartlarini bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega.
10.2. Yangilangan tahrir Platformada e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
10.3. Platformadan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining yangi tahrirga roziligini anglatadi.
11. Yakuniy qoidalar
11.1. Ushbu Oferta Foydalanuvchi tomonidan aksept qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va noma’lum muddat davomida amal qiladi.
11.2. Agar Foydalanuvchi bilan alohida yozma shartnoma tuzilgan bo‘lsa, zidlik yuzaga kelgan taqdirda yozma shartnoma qoidalari ustuvor hisoblanadi.
11.3. Ushbu Oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.